Amerikaning dunyoga maşhur Google kompaniyasi 2017 yil 17 may kuni taşkil etilgan an'anaviy Google I/O konferensiyasida özining yangi mahsulotlarini namoyiş etgani haqida avval xabar berilgan edi. Google kompaniyasining Android dasturiy ta'minotlarini işlab çiqariş böyiça vitse-prezidenti Deyv Byorke anjumanda Android O — mobil amaliy tizimining yangi avlodini taqdim etdi.
Android O ikkinçi namunasining işlab çiqaruvçilar uçun yangiliklaridan biri — Vitals xizmati böldi. U smartfon batareyasining işlaş muddatini uzaytiriş uçun qurilmaning «öta muhim körsatkiçlari»ni nazorat qiladi. U, şuningdek, smartfon işi uçun juda xatarli bölgan ilovalarni ham töxtatadi.

Google Play Protect funksiyasi esa smartfonga ğarazli ilovalar örnatilgani yoki yöqligini aniqlaydi. Şunday ilovalar topilgan taqdirda bloklanadi va smartfondan öçiriladi. Bu kabi tahdidlarni mustaqil örganuvçi algoritm aniqlaydi.
Şu bilan birga, Google Play Protect yordamida yöqolgan smartfonni topiş mumkin böladi. U iOS dasturidagi Find My iPhone funksiyasini yodga soladi. Endilikda, Android foydalanuvçilari buning uçun boşqa ilovalarga murojaat qilişlari talab etilmaydi. Protect Google Play qurilmalarining barçasiga örnatilgan böladi.
Ilovalardagi yangi xabarlarni ayni ilovani işga tuşirmasdan köriş imkoniyati ham taqdim etilgan. Notifications Dots deb nomlanuvçi funksiyada ilova yorliği uzoq vaqt mobaynida bosib turiş bilan xabarni köriş mumkin böladi.
Nusxa köçiriş va joylaş funksiyasi sun'iy aql bilan qöllab-quvvatlanadi. Algoritm matnda kompaniyalar va idoralarning nomlari, manzili va telefon raqamlarini körsatadi. Ikki marta yoki uzoq bosilsa ular töliğiça ajratiladi.

Byorkening izoh berişiça, bu funksiyaning kiritilişiga sabab şuki, Android foydalanuvçilari, asosan, telefon raqamlari va nomlardan köproq nusxa köçirişadi. Bundan taşqari, idora manzilini köçiriş bilan birga, uni bir harakat vositasida xarita yoki Gmail ilovasida oçiş mumkin böladi.
Boşqa işlab çiqaruvçilarning ilovalarida login va parollarni avtomatik kiritiş mumkin böladi. Buning uçun ma'lumotlarni dastlab Chrome brauzerida saqlaş talab etiladi. Yana YouTube saytidagi videolarni kiçikroq ekranda - picture-in-picture tartibida oçiş mumkin. Şu bilan video köriş barobarida boşqa ilovalardan foydalansa böladi.


















