AQŞning Apple korporatsiyasi birinçi marta Hindistonda iPhone smartfonlarini yiğiş jarayonini boşladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.

"Apple Hindistonda yiğilgan iPhone partiyasining sinov jarayonini tugatdi. Bu tez ösayotan Janubiy Osiyo bozorida AQŞ texnologik gigantini ilgari suriş yölidagi muhim qadam böldi", deb yozmoqda naşr.    

iPhone’ning eng arzon modeli SE’ni joriy oyda avvalroq Tayvanning Wistron Corp kompaniyasi işlab çiqargandi. Kompaniyaning Karnataka ştatida smartfonlar yiğiş bölimi bor. Wistron vakili kompaniya "miş-mişlari va taxminlarga" izoh bermasligini aytgan.

Apple öz bayonotida iPhone SE smartfonini  Bangalorda yiğişni boşlagani va Hindistonda yiğilgan smartfonlar may oyida mahalliy xaridorlar uçun yetkazib berilişi boşlanişini ma'lum qilgan.

4 dyuymli (10 sm) ekranga ega SE modeli Apple’ning eng arzon modeli hisoblanadi. Biroq bu smartfonni hozirça hamma hindistonliklar ham sotib ololmaydilar. Apple’ning Hindiston bozoridagi uluşi 2012 yildan beri 3 foizdan oşmagan.