Sayyoramizdagi davlatlarda aholi salomatligi qay darajada ekanligini belgilovçi an'anaviy Bloomberg Global Health Index reytingining 2017 yilgi talqinida 1-örin Italiyaga nasib qildi.

Bu davlatda tuğilgan odam 80 yoşgaça umr körişga eng köp imkoniyatga ega ekani aniqlangan. 163ta davlatdan iborat reytingning eng oxirgi poğonasini Serra-Leone egalladi, bu davlatda odamlar 52 yoşgaça yaşaşga umid qilişi mumkin.

Independent naşrining xabariga köra, reyting bir neçta körsatkiçlar: hayot davomiyligi, ölim sabablari hamda yuqori qon bosimi va tamaki çekişga moyillikdan tortib yetarliça töyib ovqatlanmaslik va toza suv içimligigaça bölgan salomatlik bilan boğliq turli körsatkiçlar böyiça tuziladi. 

Eng «soğlom» davlatlar reytingining yuqori beştaligida Italiyadan taşqari, Islandiya, Şveytsariya, Singapur va Avstraliya ham joy oldi. AQŞning bu boradagi natijalari örtaça bölib, u 100 ballik tizimdan 73,05 ball töplagan holda 34-örinni egallagan. Amerikaliklarning eng katta «minusi»  semizlikka moyilliklari hisoblanadi.

Sobiq Ittifoq davlatlaridan eng yuqori poğonani – 38-örinni Estoniya egalladi.