«Lugansk xalq respublikasi» rahbari Igor Plotnitskiy Tan olinmagan davlatlar ittifoqini taşkil etiş haqida taklif kiritdi. Uning fikriça, bu şunday hududiy tuzilmalarning iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilişda yordam beradi, deb xabar bermoqda «Novorossiya» agentligi.

«Balki, özimizning – Tan olinmagan davlatlar ittifoqini yaratiş haqida öylab köriş lozimdir? Sababi biz bittasida yaşamoqdamiz – ha, bizga juda qiyin, lekin bizni tan olişmasa, bir-birimizni tan olişimiz, birlaşişimiz va özimizning siyosiy, iqtisodiy masalalarimizni hal etişimiz kerak emasmi?», - degan Plotnitskiy.

Uning qöşimça qilişiça, «Bizning xalqlar bizga buning uçun huquq berdi. Nima uçun undan foydalanmasligimiz kerak?». Plotnitskiyning sözlariga köra, «LXR», «DXR», Abxaziya va Janubiy Osetiya kabi tan olinmagan davlatlarda kişilar yaşaşmoqda, işlaşmoqda va baxtli hayot keçirişga intilişmoqda. «Bizni tan olişni istaşmasa, hayot bu bilan yakun topmaydi. Keling, bitta oddiy prinsipni qilamiz – sa'y-harakatlarni birlaştiramiz», - deya xulosa qilgan «LXR» rahbari.