Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yilning 19—20 may kunlari amaliy taşrif bilan Turkmanistonda böladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 6—7 mart kunlari Turkmanistonga davlat taşrifi doirasida ötgan oliy darajadagi Özbekiston – Turkmaniston muloqoti va Turkmanboşi şahridagi uçraşuv va muzokaralarning davomi böladigan uşbu taşrifda mamlakatlar örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiladi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Orol fojiasidan eng köp zarar körgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan «Avaza» milliy sayyohlik zonasiga ham taşrif buyuradi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boşqa qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan. Taşrif doirasida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida özaro manfaatli tijorat şartnoma va bitimlar imzolanişi kutilmoqda.