Davlat rahbari Xovos tumanidagi “Hoji Gadoyboy ota” xususiy korxonasi tomonidan taşkil etilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişga möljallangan issiqxonani közdan keçirdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Sirdaryo viloyatida 2016-2020 yillarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş böyiça yangi korxonalar quriş, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, qadoqlaş materiallari işlab çiqariş dasturi doirasida issiqxonaga Janubiy Koreyada işlab çiqarilgan yuqori samaradorlikka ega zamonaviy uskunalar keltirib örnatilgan.
Qiymati 625 ming dollar, maydoni bir gektar bölgan issiqxonada yiliga 150-200 tonna qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriladi. Mahsulotlarning asosiy qismini eksport qiliş rejalaştirilgan.
Prezident mazkur issiqxonani kengaytiriş, boşqa viloyatlarda ham şunday korxonalar taşkil etiş, mazkur soha vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş kerakligini ta'kidladi.
Şu yerning özida viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş va qayta işlaş loyihalari taqdimoti ham ötkazildi.











