2017 yil 10 may kuni Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida»gi Qaroriga muvofiq, örta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari öquv xonalarining xavfsizligiga qöyiladigan yagona talablarni belgilaş maqsadida 265-sonli qarorni qabul qildi. 

Unga köra, örta-maxsus, professional hamda oliy ta'lim muassasalaridagi har bir öquv xonasida havoning nisbiy namligi salqin kunlarda - 18-22 daraja, iliq kunlarda 24-27 daraja issiq bölişi kerak. Şuningdek, mikroiqlim parametrlarini ta'minlaş uçun xonalar ventilyatsiya va isitiş tizimlari bilan jihozlangan bölişi talab etiladi. Konditsioner tizimi (agar mavjud bölsa) şunday joylaşgan bölişi kerakki, u öquvçilar hamda pedagoglar salomatligiga ziyon yetkazişi kerak emas. Tanaffus paytida xonalarni şamollatiş zarur.

Hujjatga köra, öquv muassasalari devorlari oç ranglarda (sariq, sarğiş, puşti, yaşil, havorang) bölişi kerak. Eşiklar uçun eng maqbul ranglar sifatida jigarrang yoki oq ranglar tanlangan. Deraza romlari esa oq rangda bölişi maqsadga muvofiq.

Kimyoviy laboratoriya xonalari poli kislotaga çidamli materiallardan bölişi talab etiladi.

Bundan taşqari, öquv muassasalarida allergiyani keltirib çiqaruvçi hamda tikonli ösimliklar, şuningdek ta'lim oluvçi va beruvçilarning salomatligiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin bölgan boşqa ösimlik turlarini saqlaş taqiqlanadi. 

Hujjatda şuningdek yonğin va elektr energiyasi xavfsizligi talablari ham belgilab berilgan.

Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.U. Röziqulov zimmasiga yuklatildi.