«Özbekneftegaz» MXK 2016-2020 yillarda uglevodorod xomaşyosini çuqur qayta işlaş asosida tayyor eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş dasturini amalga oşirmoqda. Uning doirasida qiymati 30,4 mlrd. dollar bölgan 78 ta loyihani amalga oşiriş möljallangan, deb yozmoqda «Özbekiston neft va gaz jurnali».
 
Bu loyihalarni amalga oşiriş hisobidan işlab çiqariş hajmida tabiiy gazni çuqur qayta işlaş yöli orqali yuqori qöşilgan qiymat 5,8 barobarga oşadi, 15 ta yangi mahsulot turi işlab çiqarişni özlaştiriş imkoni yaratiladi (ular orasida - polivinilxlorid, ABS-plastik, sintetik kauçuk,  superabsorbent, aromatik uglevodorodlar bor). Loyihalarni amalga oşiriş 13 mingdan ortiq yangi iş örnini yaratiş imkonini beradi.

Eng yirik loyihalar orasida «Mustaqillikning 25 yilligi» konini Surxondaryo viloyatida gazkimyo majmuasini quriş orqali qöşimça tadqiq qiliş, Şörtan GKKda tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş, Qaşqadaryo viloyatida polietilen va polipropilen oliş orqali tabiiy gazdan olefinlar işlab çiqarişni taşkil etiş, Jizzax viloyatida neftni qayta işlovçi yangi zavodni quriş, Şörtan GKK işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş va boşqalar bor.

Xususan, Şörtan GKK işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş loyihasi alohida e'tiborga loyiq, uni amalga oşiriş istiqbolda texnologik klaster taşkil etişga yordam beradi. Uning realizatsiyasi neftkimyo sanoatini yanada rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.

Birinçi bosqiçda sintetik nafta, polietilen va polipropilenning yangi turlarini qayta işlaş, şuningdek piroliz distillyati işlab çiqarişni yölga qöyiş möljallangan. Piroliz distillyatidan yangi mahsulot turlarini işlab çiqarişda foydalaniş imkoniyati Qaşqadaryo viloyatida texnologik klaster taşkil etiş uçun asos böladi.

Ta'kidlanişiça, «Özbekneftegaz» MXK sarmoyaviy siyosati birinçi navbatda, neftgaz sanoatini diversifikatsiya va modernizatsiya qiliş, neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini yarimfabrikatlar va yuqori qöşimça qiymatli tayyor eksportbop mahsulotga çuqur qayta işlaş, bu maqsadga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş imkonini beradi.