Özbekistonda internet trafikni uzatuvçi yangi hudud taşkil etiladi. Hozirça, «Tas-ix 2» deb nomlanayotgan loyiha ustida jiddiy iş olib borilmoqda. Bu haqda «Özbektelekom» AJ boş direktori Şuhrat Qodirov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qildi. 

Loyihaga köra, jahon internet tarmoğining özbek segmenti yanada sifatli va arzon tarkib bilan boyitiladi. Ayni çoğda, özbekistonlik foydalanuvçilar köproq taşqi kanalga murojaat qiladi. 

«Bozordagi barça mahalliy tarkibni boyitiş ustida işlaşi kerak. Mahalliy trafikni ayirboşlaş uçun joy bölişi kutilayotgan «Tas-ix 2» tarkib generatorlari uçun foydali vosita bölişi kerak. Biz şu masala ustida işlayapmiz. U foydalanuvçilar uçun ança arzon ham böladi. Tez orada buni e'lon qilamiz», – dedi Qodirov. 

Hozirda, Özbekistonda mahalliy internet tarmoği hisoblanuvçi TAS-IX maydonidan foydalaniş barça internet provayderlari tomonidan bepul taqdim etiladi.