Bokuda «Islom birdamlik öyinlari»ning 18 may kungi musobaqalari bölib ötmoqda. Bugungi bellaşuvda Özbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili sportning 5 turida öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazmoqda.

Boks terma jamoasining finalga çiqqan uç vakilidan ikkinçisi ham oltin medalga ega böldi.

-64 kg vazn toifasi vakili Aliyor Noraliyev finalda misrlik Islom Muhammedovni mağlubiyatga uçratdi va oltin medal egasi böldi.

Uning uşbu medali Özbekiston sport delegatsiyasi uçun Bokudagi ön birinçi oltin medal böldi. Bundan oldinroq -56 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Abdulhay Şorahmatov finalda ğalaba qozongandi.