Bugun, 18 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning yettinçi kungi musobaqalari davom etdi. Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi medallar jamğarmasi yana 9ta medal bilan boyidi (6ta oltin, 2ta kumuş va 1ta bronza).
Bugun özbekistonlik 14 nafar sportçi 5ta sport turida iştirok etişdi.
Yengil atletika
Para-atletika yönalişida iştirok etayotgan Aleksandr Sveçnikov erkaklar örtasidagi nayza uloqtiriş (F13) bahslarida tengsiz böldi va oltin medal oldi. U nayzani 70 m masofaga uloqtirdi va jahon rekordini örnatdi.
Balandlikka sakraş maşqlarida 1,80 natijani qayd etgan Nadiya Dösanova oltin medalga ega böldi.
200 metr masofaga yugurişda final bosqiçida iştirok etgan Nigina Şaripova esa marraga uçinçi bölib yetib keldi (23,66 sekund) va bronza bilan taqdirlanadigan böldi.
Bosqon uloqtiriş böyiça finalda iştirok etgan Suxrob Xöjayev esa natijaga erişa olmadi.
Sport kuraşlari
Yunon-rum kuraşi böyiça bahslarda 130 kg vazn toifasida iştirok etgan Möminjon Abdullayev dastlab suriyalik R.Alkradni yengdi, keyin ozarboyjonlik S.Şariati tösiğidan ötdi. Finalda turkiyalik Osman Yildirimga imkoniyatni boy bergan Abdullayev kumuş medal bilan kifoyalanadigan böldi.
66 kg vazn toifasidagi Mirzobek Rahmatov esa çorak finalda marokaşlik A.Hanineni yengdi, ammo yarim finalda ozarboyjonlik K.Mammadovga yutqazdi. U bronza uçun bahsda eronlik M.Zaydvanddan ham yengildi.
Taekvondo WTF
-62 kg vazn toifasida turnirda finalga yetib kelgan Umida Abdullayeva Turkiya vakili Irem Yamanga qarşi dayanga çiqib, 1:3 hisobida yutqazib qöydi va kumuş medal bilan kifoyalandi. U kun davomida dastlabki jangida pokistonlik Yamna Siddiqiyni (20:0), çorak finalda Qozoğiston vakili Gulim Bibalayevani(4:3) yarim finalda marokaşlik Saukayna Elauniyni (5:4) mağlub etgandi.
-74 kg vazn toifasida dayanga çiqqan Nikita Rafaloviç barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib turnirning oltin medalini qölga kiritdi. Saralaşdan ozod qilingan Rafaloviç, birinçi jangda iordaniyalik A.Aladarbini yengdi, u finalda eronlik kuçli raqibi Xusrovfarni mağlubiyatga uçratib, şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi.















