18 may kuni Ukrainaning Zaporojye aeroportida favqulodda hodisa yuz berdi: bu yerda Kiyevdan reys bilan kelayotgan "Mejdunarodnyye avialinii Ukrainy" aviakompaniyasi samolyoti qotib ulgurmagan beton qoplamali polosaga qöndi. 

Oqibatda samolyotga boşqa reyslarni amalga oşira olmaydigan darajada jiddiy şikast yetgan: beton qorişma samolyot şassisi tayançiga, fyuzelyajning pastki qismiga, dvigatel turbinalari va qanotga tekkan.

"Samolyotning texnik holati reyslarni amalga oşirişga imkon bermaydi. Aviakompaniya tomondan Zaporojye – Kiyev reyslari yölovçilarini manzilgaça quruqlikdagi transport bilan yetkazib qöyişga qaror qilindi", deb aytilgan aviakompaniya saytida.

Ta'kidlanişiça, uşbu voqea aviakompaniya aybi bilan yuz bermagan. Gap şundaki, voqea yuz berişidan bir kun avval aeroport 18 maydan boşlab barça reyslarni qabul qilişga tayyorligini ma'lum qilgan.