Cuba Domadores - Uzbek Tigers jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 20 may kuni tonggi soat 05:30da UzReport TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
WSB - Jahon boks seriyasining chorak finalida bugungi kunda dunyoda yetakchilik qilayotgan O‘zbekiston va Kuba terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Ushbu qarama-qarshilik yashirin final, deb e'tirof etilmoqda. Samarqand shahrida o‘tkazilgan birinchi to‘qnashuvda ikkala jamoa safida olimpiya o‘yinlari chempionlari va sovrindorlari ishtirok etishgandi. Bu to‘qnashuvda Uzbek Tigers jamoasi amaldagi chempionlarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Boks muxlislari quyidagi bokschilar o‘rtasidagi janglarga guvoh bo‘lishadi:
Cuba Domadores — Uzbek Tigers
-52 kg: Veytia Uosbanu — Jasur Latipov
-60 kg: Astrada Alvares — Elnur Abduraimov
-69 kg: Roniyel Iglesias — Shaxram G‘iyosov
-81 kg: Julio La Kruz — Bektemir Meliqo‘ziyev
+91 kg: Gomes Larduyet — Bahodir Jalolov
Agarda 10ta jang bo‘yicha hisob teng bo‘lib qolsa, quyidagi bokschilar o‘zaro jang olib borishadi:
Super-og‘ir vazn
+91 kg. Yandri Toirak – Mirzobek Hasanov










