AQŞning Dekeyter (Jorjiya ştati) şahrilik ayol Liza Ormundt öz uyida doimiy ravişda uçib yuradigan asalarilarni payqagandan söng asalariçi (asalariçilik bilan şuğullanuvçi mutaxassis)ni çaqirtirdi. Mutaxassis xonalardan birini közdan keçiriş jarayonida şiftda doimiy ravişda yaşovçi 120 mingdan ortiq haşarotlarni aniqladi, deb xabar bermoqda CBS News.

Asalariçi Bobbi Çeysson asalarilarning aniq qayerda joylaşganini aniqlaş maqsadida issiqlik kamerasidan foydalandi, hamda şiftda ularning uyasini topdi.

Olti soat davomida asalariçini arilar 15 marta çaqdi. U uyadan haşarotlarni tortib oliş maqsadida vakuumli nasosdan foydalandi va ularni katta kanistrlarga joylaştirdi.

«Uning aytişiça, bu uyaning taşkil topganiga kamida 2 yil bölgan», - dedi Ormundt. Qöşimça qilinişiça, ayol bu uyda taxminan töqqiz yildan beri yaşaydi.

Çeysson uya bu qadar katta bölişini kutmagandi. U şiftdan gipsokartonni yeçib olgan. Mutaxassis taxminan 60 kilogramm asal va mumkatakni çiqarib oldi.

Qöşnilarning Ormundtga aytişiça, uyning avvalgi egalarida ham xuddi şunday muammo paydo bölgan ekan. Şuning uçun şift tozalanganidan söng, Çeysson şift va ikkinçi qavat örtasida haşarotlar boşqa qaytib kelmasligini uçun maxsus isituvçi material qöyib qöydi.