Wikileaks asosçisi Julian Assanj Fransiyaga siyosiy boşpana sörab murojaat etmoqçi. Bu haqda uning advokati Huan Branko ma'lum qildi.

«Julian Assanj Londondagi Ekvador elçixonasini tark etişga harakat qiladi. U bir qator mamlakatlardan, xususan, Fransiyadan siyosiy boşpana berişni va AQŞdan himoya qilişni söramoqçi», deya uning sözlarini keltirgan France info. 

Advokat u boşpana söramoqçi bölayotgan mamlakatlar nomini keltirmagan.

Şu bilan birgalikda Branko Assanj Londondagi elçixonadan çiqişi bilanoq Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan uşlanişi va AQŞga topşirilişi mumkinligini istisno etmagan. Bu Şvetsiya prokuraturasi Assanjga nisbatan jinsiy tovlamaçilik böyiça tekşiruvlar olib borişni töxtatganiga qaramay röy berişi mumkin.

Şvetsiya Julian Assanjga nisbatan jinoiy işni töxtatdi

Londondagi Vestminster sudi uni 2012 yilning 29 iyunida sudga kelişdan boş tortganida hibsga olişga order bergandi. London politsiyasi u Ekvador elçixonasidan çiqişi bilanoq qölga oliş huquqiga ega.

Assanjning advokatlaridan biri Melinda Teylor bundan avvalroq Şvetsiya prokuraturasi tekşiruvni bekor qilgan va sud hibsga oliş töğrisidagi orderni bekor qiladigan bölsada, WikiLeaks asosçisi Britaniya poytaxtidagi Ekvador elçixonasidan çiqib ketişi qiyin bölişi haqida aytgandi.

«Avvalo Britaniya hukumatining uni hibsga olmaslik töğrisidagi va'dasini olmoq kerak», degan advokat.

Assanj barça ayblovlarni inkor qiladi va Şvetsiya sudiga borsa, özini AQŞga ekstraditsiya qilişlaridan xavfsiraydi. Vaşingtondagilar uni AQŞning minglab maxfiy hujjatlarini oşkor qilib yuborgani uçun aybdor sanaydi.

Assanj 2012 yildan buyon Londonda yaşab kelmoqda, Ekvador elçixonasi unga siyosiy boşpana berişga rozi bölgan. Uşbu bino hududidan çiqiş hozirda 45 yoşda bölgan Assanj uçun qamoqqa tuşişga tengdir.