WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Şvetsiya prokuraturasi unga qarşi işni töxtatganidan keyin birinçi marta matbuot oldida çiqiş qilar ekan, uning sayti öz faoliyatini davom ettirişiga va'da berdi. RIA "Novosti" şu haqida xabar berdi.
"WikiLeaks hujjatlarni çop etişda davom etadi, - dedi Assanj Ekvadorning Londondagi elçixonasi balkonidan jurnalistlarga murojaat qilib. - Bugun men uçun muhim ğalabaga erişildi... Biroq safar endi boşlanmoqda, haqiqiy uruş hali oldinda".
U özi va xodimlari nomiga böladigan tahdidlarga çidab ötirmasligi, biroq AQŞ Adliya vazirligi bilan muloqotga kirişişdan mamnun bölişini ma'lum qildi.
Assanj şuningdek Britaniya politsiyasining va'dasidan taajjublandi. Gap şundaki, Britaniya politsiyasi Assanj Ekvadorning Londondagi elçixonasini tark etgan taqdirda, uni qölga olişga va'da bergan. WikiLeaks asosçisi uning huquqşunoslari bu borada Britaniya hukumatidan uning işiga oid suriştiruv işlari olib borişga harakat qilişini ta'kidlagan.
"Men yetti yildan beri tutqunlikdaman, uy qamoğida... Ayblovsiz uşlab qoliş va ekstraditsiya qiliş Yevroittifoqning öziga xos jihatiga aylangan körinadi... Rivojlangan mamlakatlar özini bunday tutmaydi", - dedi u.
Şuningdek, Assanj WikiLeaks xabarçisi Çelsi Menning (ötmişda Bredli Menning)ning yaqindagina ozod qilinişini "muhim ğalaba" deb atadi. Menning sobiq prezident Barak Obama tomonidan afu qilingan va yaqinda ozodlikka çiqqan edi.
19 may kuni Şvetsiya prokuraturasi Assanj işi böyiça tergovni töxtatgani haqida xabar qilindi. Assanj jinsiy tajovuzkorlikda ayblanayotgan edi. U 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elçixonasida - öşanda u WikiLeaks faoliyati tufayli AQŞga ekstraditsiya qilinişdan xavfsirab, Lotin Amerikasi mamlakati hukumatiga siyosiy boşpana sörab murojaat qilgandi.












