Bugun, 19 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning sakkizinçi kungi musobaqalari davom etdi. Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi medallar jamğarmasi yana 3ta medal bilan boyidi (1ta kumuş va 2ta bronza). 

Bugun özbekistonlik 5 sportçi öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi.

Bugundan erkin kuraş vakillari musobaqalarga kirişdi. 57 kg vazn toifasidagi Nodirjon Safarov avvaliga saudiya arabistonilik R. Alamani, keyin turkmanistonlik M.Atayevni mağlub etdi. Ammo u yarim finalda qozoğistonlik Z.Ismoilovga yutqazdi. U bronza uçun bahsda eronlik Sarmastidizajiga qarşi gilamga çiqdi va ğalaba qozondi.

74 kg vazn toifasidagi Begzod Abdurahmonov esa töğridan-töğri çorak finaldan boşladi va dastlab eronlik R.Yarahmadiyni yengdi. Yarim finalda esa turkiyalik S.Demirtoşga mağlub böldi va bronza uçun kuraşadigan böldi. Bronza uçun u turkmanistonlik D.Örazgilijov bilan kuç sinaşdi va ğolib böldi.

Yengil atletikaçilar esa Özbekiston uçun yana bir kumuş medal olib berdi.

Nayza uloqtiriş bahslarida öz omadini sinab körgan Ivan Zaytsev 78,66 metr natijani qayd etdi va kumuş medal egasiga aylandi.

Bugun ikki tennisçi yakkalik bahslarida iştirokini davom ettirdi. Saida'lo Saidkarimov saudiya arabistonilik Ammar Alhaqboniyga qarşi kortga çiqib, ğalaba qozondi (6:3, 6:4) va çorak finalga ötdi. Sabina Şaripova ham nimçorakda muvaffaqiyat qozondi, u eronlik G.Pakbatenni 6:2 va 6:0 hisoblarida taslim etdi.

Şu tariqa, bugungi bahslarda yana uçta medal olgan Özbekiston delegatsiyasi jami 57 medal bilan (14ta oltin, 15ta kumuş va 28ta bronza) 57 davlat orasida törtinçi örinda bormoqda.