Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dominikanda parom pirsga urildi (video)
Kydon paromi Dominikana Respublikasi poytaxti Santo-Domingo shahridagi San-Susi porti pirsiga kelib urildi. Favqulodda hodisa kema qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yilmoqchi bo‘lgan vaqtda yuz bergan. Buning oqibatida paromga va portga ancha ziyon yetgan. Bu haqda Maritime Herald nashri xabar bermoqda.
Parom Santo-Domingoga kelgach, qisman pandus bilan bog‘langan, biroq kuchli oqim avariyaga olib kelgan.
Port rahbariyatining ma'lum qilishicha, avariya konteynerlarning surilishiga olib kelgan va bu bilan "port infratuzilmasiga ziyon yetgan". Hozir portda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mahalliy hukumat ushbu voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Mavzuga oid
10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
18:57 / 07.12.2024
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
19:27 / 29.08.2022