2017 yil 19 may kuni Radisson Blu Tashkent mehmonxonasida Ekopen kompaniyasining rebrendingi, ya'ni yangi logotipning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, marosimda mijozlar va hamkorlar bilan ishlashning yangi uslubdagi modeli ham tanishtirib o‘tildi.

Yangi logotip

Yangi logotip tadbir ishtirokchilarining e'tiborini jalb qildi. Yangi logotipning asosiy ranglari sifatida to‘q ko‘k, ya'ni indigo, hamda olov ranglar tanlandi. Ushbu ikkita bir biriga kontrast ranglar uyg‘unligi o‘ziga xos falsafaga ega.

Olov rang – kun va yorug‘likni ifoda etsa, indigo esa, aksincha – kunning qorong‘i qismini ifoda etadi. Olov rang, shuningdek, avvalgi logotipning asosiy rangi bo‘lganligi uchun iste'molchilar tasavvurida chuqur muhrlanib qolgan. Shu bois, qurilish tushunchasi bilan bog‘lik bo‘lgan olov rang kompaniyaning yangilangan asosiy tashqi vizual elementi bo‘lib qolaveradi.

Pazl

Sahna yonida joylashgan pazl ko‘rinishidagi geometrik element esa kompaniyaning o‘z hamkorlarini hurmat qilishi va ular bilan mustahkam munosabatlarga ega katta oila misolida ekanligini anglatadi.

Taqdimot davomida kompaniya rahbari va asosiy hamkorlar mana shu pazlni birma-bir terib chiqishdi va bir butun bo‘lgan “Ekopen” so‘zini yaratishdi.

Yangicha ish yuritish modeli

Tadbir davomida kompaniya rahbariyati va uning xodimlari yig‘ilganlarga kompaniyaning B2B va B2C segmentlar bilan yanada takomillashgan ish yuritish modeli haqida so‘zlab o‘tishdi.

Kompaniya o‘z faoliyatiga bir necha o‘zgarishlarni ham ma'lum qildi. Ular qatorida butun O‘zbekiston bo‘ylab franchayzing savdo nuqtalari asosida distribyutorlik tarmog‘ini barpo etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalar olish uchun mo‘ljallangan ichki koll-markazning faoliyatini tashkillashitirish, mijozlar haqidagi ma'lumotni o‘z ichiga olgan yagona axborot bazasini yaratish, mijozlar va hamkorlar foydalanishlari uchun mobil ilovani ishlab chiqish, mijozlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lish va fikr almashinish uchun mo‘ljallangan SMM-qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish kabilar bor.