AQŞ prezidenti Donald Trampning şundoq ham unça yuqori bölmagan reytingi uning inauguratsiyasidan keyingi eng rekord past natijaga tuşib ketdi. Ipsos markazi tahlilçilari sörovnoma natijalari asosida şunday fikrga keldilar.  

Ularning ma'lumotlariga köra, Trampning xatti-harakatlarini 38 foiz amerikaliklar qöllab-quvvatlaydi, 6 foiz amerikaliklar bir qarorga kelişa olmagan, qolgan 56 foiz amerikaliklarga Trampning qarorlari yoqmaydi.  

Reuters axborot agentligining fikriça, sörovnoma natijalari "Oq uydagi jöşqin hafta"ga odamlarning munosabati bölişi mumkin. Bunda OAVda Tramp tomondan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga maxfiy ma'lumotning berilişi haqida xabar qilinişi, FQBning sobiq direktori Jyeyms Komining bayonoti va Trampning Rossiya bilan aloqalari borligiga gumonlarning davom etayotgani nazarda tutilmoqda.

Sörovnoma 14-18 may kunlari ötkazilgan va unda 1971 kişi iştirok etgan.