AQŞ Saudiya Arabistoniga THAAD raketalarga qarşi mudofaa (RQM) tizimi va Patriot RQM majmuasini sotmoqçi, deb xabar berdi AQŞ davlat departamenti. 

AQŞ va Saudiya Arabistoni 20 may kuni 110 mlrd dollarlik AQŞ qurol-aslahasini sotiş böyiça bir qator hujjatlarni imzoladi, keyingi 10 yil içidagi boşqa bitimlar bu qiymatni 350 mlrd dollarga yetkazişi mumkin.

“Patriot va THAAD kabi tizimlar Saudiya Arabistoniga özi va mintaqani raketa va havo xujumlaridan himoya qilişida yordam beradi”, deb aytilgan hujjatda.

Bundan taşqari, sotiladigan qurol-aslaha röyxatida aerostatlar, tanklar, artilleriya, minalarga qarşi radarlar, piyoda qöşinlar zirhli maşinalari, vertolyotlar bor. Harbiy-dengiz sohasidagi savdolar kemalar, vertolyotlar, patrul katerlari va ular uçun qurol tizimlarini öz içiga oladi.   

AQŞ, şuningdek, Saudiya Arabistoniga tezkor-taktik boşqaruv uçun qurilma va xizmatlarni yetkazib beradi.