19 may kuni Iroq poytaxti Bağdodda va Basra viloyatida sodir etilgan teraktlar oqibatida kamida 35 kişi halok böldi. Bu haqda 20 may kuni AFP axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Bağdoddagi ikkita terakt hamda Basraning şimoli va janubidagi teraktlar oqibatida 50 dan köproq odam jarohat olgan.
As Sumaria telekanalining Bağdod rahbariyatiga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, Bağdoddagi birinçi portlaş minalaştirilgan avtomobildagi terrorçi asosan şialar yaşaydigan Abu-Daşir mavzesiga kirişda tekşiriş uçun töxtatilganda sodir bölgan. Ikkinçi hudkuş Abu-Daşir tumanida joylaşgan politsiya bölimi yaqinida minalaştirilgan avtomobilni portlatgan. Bağdod viloyati operatsiyalar ştabida ta'kidlanişiça, Iroq razvedkasi bu hujumlar haqida bilgan. Şu sababli Iroqdagi nazorat-ötkaziş punktlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgandi.
Şu kuni avvalroq şunday portlaşlar Basra viloyati şimoli va janubidagi Rumayla va Sadra nazorat-ötkaziş punktlarida yuz bergan. Viloyat ma'muriyatida ta'kidlanişiça, Rumaylada kamida 7 kişi halok bölgan, önlab odamlar jarohat olgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar portlaş yaqinida bölgan avtobus yölovçilari bölib, ular asosan bolalar va ayollarni taşkil qilgan. Sadradagi teraktda 3 harbiy halok bölgan, yana 3 nafari jarohat olgan.
Uşbu hujumlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.












