Britaniya boş vaziri Tereza Mey Bryussel Buyuk Britaniyaning Yevropa investitsion bankidagi aksiyalari uçun uning mamlakatiga milliardlab funt sterling tölaşi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda Telegraph naşri xabar bermoqda.
Meyning fikriça, Buyuk Britaniya Brexit böyiça muzokaralar vaqtidagi majburiyatlar bilan bir xilda körilişi kerak bölgan moliyaviy huquqlarga ega. "Birlaşgan Qirollikda qanday majburiyatlar bölişi kerakligi yoki avval tölangan pullar hisobga olinganda bizda qanday huquqlar bölişi mumkinligi haqida köp gaplar bölmoqda. Biz huquqlarimiz ham, majburiyatlarimiz ham inobatga olinişini aniq körsatmoqdamiz", deb aytgan Mey naşrga bergan intervyusida.
Mey Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan bir neçta yirik qöşma moliyaviy va investitsion loyihalarda iştirok etayotganini eslatib ötdi. "Investitsion bank, investitsion jamğarma, yana boşqa sohalar bor. Siz bilganingizdek, bu muzokaralarning muhim qismi böladi", deb yakunlagan öz fikrlarini Mey.
Naşrning ta'kidlaşiça, Mey Yevropa investitsion bankidagi uluşni saqlab qoliş haqidagi istagini ilk bor eslatib ötdi. Qirollik hukumatidagi manbaning ma'lum qilişiça, Buyuk Britaniyaning bankdagi uluşi taxminan 10 mlrd yevroga baholanadi.
Avvalroq OAVda Yevropa Ittifoqi Brexit jarayonida Buyuk Britaniyadan avvalroq London öz zimmasiga olgan turli majburiyatlar böyiça 100 mlrd yevroga yaqin tölovlarni talab qilişi mumkinligi ma'lum qilingandi.












