Tojikiston respublikasi hukumati qarori bilan Duşanbe şahri boş rejasi tasdiqlandi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar berdi.

Xabarda ta'kidlanişiça, hukumat qarori 2017 yilning 28 aprel kuni imzolangan.

Duşanbe boş rejasiga muvofiq, şahar janubga, qisman şimolga, şarqqa va ğarb tomonga kengayadi.

Şahar hududi 2025 yilga kelib 12,7 ming gektardan 18 mingga, 2040 yilda – 25 ming va 2040 yildan söng – 30 ming gektarga qadar kengaytiriladi. 

2025 yilga qadar loyiha hududida birinçi bosqiçida aholi sonining ösişi 936 ming kişini taşkil etsa, 2040 yilga qadar – 1 million 176 ming kişi.

Duşanbe şahri davlat hokimiyati ijro idorasining axborot va xorijiy aloqalar boşqarmasi boşliği Abdumajid Hakimzodaning xabar berişiça, poytaxt hokimiyati qaroriga muvofiq, yerlar bosqiçma-bosqiç özlaştirib boriladi.