Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi mintaqada Suriya va Iroqdagi kurd qurolli tuzilmalarining hujum qilişlari mumkinligiga qarşi qaratilgan aksilterrorçilik operatsiyalari rejasini tuzib çiqdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

Anqaradagi harbiy manbalarning ma'lum qilişiça, rejada "Kurdiston işçi partiyasining Suriya va Iroqdagi bölimlari (YPG va PYD) jangarilarining istalgan hujumlariga qat'iy qarşilik körsatiş" közda tutilgan. Turkiyaning rejasi doirasida jalb qilinişi nazarda tutilayotgan harbiy bazalarda qöşni davlatlardagi operatsiyalarga tayyorgarlik yakunlangan. Öq-dori va qurol-aslaha omborlari töldirilgan, çegara hududlariga qöşimça harbiy texnika keltirilgan.      

Şu bilan birga Turkiyaning Iroq va Suriya bilan çegaradoş hududlarida logistik qöllab-quvvatlaş infratuzilmasi yaratilgan. Bir qator harbiy qismlar çegaraga joylaştirilgan.

Turkiya razvedka xizmati Iroq va Suriyaning PYD va YPG kuçlari tomondan nazorat qilinuvçi hududlar röparasidagi çegaraoldi polosasida kunböyi kuzatuv olib bormoqda. Kuzatuvlar Xatay (Suriyaning Afrini bilan çegaradoş), Şonliurfa (Suriyaning Tel-Obodi töğrisida joylaşgan), Mardin (Suriyaning Qamişlisi bilan çegaradoş) viloyatlari hamda Iroq bilan butun çegara böylab olib borilmoqda.

Bundan taşqari, muxolif Suriya ozodlik armiyasi otryadlari Turkiyaning "Frot qalqoni" operatsiyasi yakunlangandan keyin Turkiya qurolli kuçlari kömagida taşkil etilgan jadal harbiy tayyorgarlik dasturiga jalb etilganlar. Uşbu dastur 2017 yil 29 mart kuni Suriya-Turkiya çegarasi yaqinida taşkil etilgan maşğulot lagerlarida boşlangan. Dastur iştirokçilari turli qurollarga egalik qiliş malakalariga örgatiladilar. Şuningdek, jismoniy tayyorgarlikka katta e'tibor qaratiladi.