Sport | 08:10 / 22.05.2017
7105
1 daqiqa o‘qiladi

2017/18 yilgi mavsumda YeChL guruh bosqichida qatnashadigan 19 jamoa ma'lum

21 may kuni Yevropa futbolida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, 2017/2018 yilgi mavsumda YeChL guruh bosqichida ishtirok etadigan 32 qatnashchidan 19 tasi ma'lum bo‘lib ulgurdi.

Ispaniyada YeChL guruh bosqichida «Real», «Barselona» va «Atletiko» aniq ishtirok etsa, Germaniyadan - «Bavariya», «RB Leyptsig» va Dordmundning «Borussiya»si, Angliyada - «Chelsi», «Tottenxem» hamda «Manchester Siti», Italiyada - «Yuventus», Portugaliyada - «Benfika» va «Portu», Fransiyada - «Monako» hamda «PSJ», Rossiya - «Spartak», Ukraina - «Shaxtyor», Belgiya - «Anderlext», Niderlandiya - «Feyyenoord», Shveytsariyadan - «Bazel» qatnashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid