Insoniyat tabiatni faol öziga böysundirmoqda, biroq buning nimalarga olib kelişi mumkinligi haqida har doim ham öylamaydi. Xalqaro suv resurslari va atrof-muhit boşqaruvi instituti jamoatçilik e'tiborini ekologiya muammolariga qaratiş uçun nufuzli fototanlov ötkazadi.

Institut xodimlari öninçi yubiley tanlovga hakamlikka maşhur aktyor Stiven Fray va «Halokatli hayvonlar» telekörsatuvi yulduzi Stiv Bekşalni taklif qilişdi. «Lenta.ru» ğalabaga da'vogarlik qilayotgan suratlar bilan bölişdi.

«Öz dunyosida baxtli»

Foto: Abhijit Nandi / CIWEN

Hindiston, 2008 yil

Ayol maşaqqatli iş kunidan keyin farzandi bilan şoli dalasidan qaytmoqda. Surat qahramoni uni suratga olişmoqçi ekaniga işongisi kelmagan va bunga javoban kulib qöygan.

«Nurlar parvozi»

Foto: Florian Schulz / CIWEN

Kaliforniya, 2010 yil

Surat muallifi Florian Şultsning aytişiça, Kaliforniya qirğoqlari uzra parvoz qilib yurganida töq rangli ulkan doğga közi tuşgan - keyin bilsa, u skatlar galasi ekan. Mahalliy aholi nima uçun ular bir yönalişda sinxron suzişini izohlay olmadi.

"Men dunyo okeanida biz hali örganişimiz kerak bölgan sirlar köpligini tuşundim. Umid qilamanki, vaqt ötgaç uni qanday qutqariş mumkinligini anglaş uçun yetarli darajada örganamiz".

«Şafqatsiz dunyo»

Foto: Sudipto Das / CIWEN

Hindiston, 2007 yil

Surat muallifi Sudipto Dasaning sözlariga köra, tasvir uçinçi dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati - uy-joyning yöqligi, gigiyena muammolari, kasallik xavfi va himoyasiz bolalarga nisbatan zöravonlik muammolarini aks ettiradi. Xuddi bu bolakay kabi...