21 may kuni Dubay politsiyasi safiga birinçi robot-politsiyaçi rasman qöşildi, deb xabar berdi  Arabian Business naşri.

Robotning böyi – 170 sm, oğirligi – 100 kg. U 1,5 metr masofadan imo-işoralar va qöl orqali signallarni taniy oladigan "his-tuyğular detektori" bilan ta'minlangan. Şuningdek, u suhbatdoşining his-tuyğulari va yuz ifodasini tuşuna oladi.

Köçalarda patrullik qilayotganda, robot politsiya xodimlariga qoidabuzarlarni topişga yordam beradi hamda tegişli videotasvirni taqdim etadi. Dubay politsiyasida ma'lum qilişlariça, robot köçalarda, jamoat joylarida odamlarga yordam berişga hamda jinoyatçilik bilan kuraşişga va şahar xavfsizligiga javob berişga möljallangan.

Robot öziga örnatilgan navigator evaziga turgan joyining yönalişini aniqlaş qobiliyatiga ega hamda 6 tilda, jumladan ingliz va arab tillarida muloqot qila oladi. Şuningdek, aholi politsiya xizmatlari tölovlarini robot orqali tölaş imkoniyatiga ega.