Filippin kömak söraydigan davlatlar röyxatidan AQŞ olib taşlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya OAVga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Öz davlatim uçun hammasini qilmoqdaman. Prezident lavozimiga nomzodimni qöyganimda, öz or-nomusim, hayotimni ham şunga tikkanman. Mamlakatim muammolar girdobiga tuşib qolişiga yöl qöymayman. Filippinlik tört million inson giyohvand moddalarga qaramlikdan aziyat çekadi. Bu şunçaki raqam emas, şunçaki oddiy bir muammo emas. Bu muammo boşqa davlatlar, xususan Yevropa ittifoqi uçun hamdir. Şuning uçun ular bilan orada masofa bölişga qaror qildim. Filippin va Xitoy örtasida yangi döstlik, yangi hamkorlik yöllari uçun istiqbollar bor ekanini körmoqdaman, şuningdek, ASeAN va Yevropa davlatlari bilan ham şunday imkoniyat bor. Biroq AQŞni men kömak söraydigan davlatlar röyxatidan atayin olib taşladim", - deya xabar berdi u. 

Ötgan yilning may oyida Filippin prezidenti etib saylangan Duterte giyohvand kişilar hamda giyohvandlik moddalarini tarqatuvçilar bilan keng kölamli kuraş olib bormoqda. BMTning sönggi ma'lumotlariga köra, Duterte hukumat tepasiga kelganidan söng mamlakatda giyohvand moddalar savdosiga aloqador bölgan 6 mingdan ortiq kişi öldirildi. Jahon hamjamiyati esa uşbu davlatda narkosavdo bilan kuraşning bunday usulini bir neça bor qoraladi.