Yirik ğarb kompaniyalari va sarmoyadorlari Özbekistonga yanada köproq qiziqiş bildira boşlaşadi. ExxonMobil neft gigantining öz nomini oşkor qilmagan yuqori lavozimli vakili şunday fikrni ilgari surmoqda. 

«Bu yerda Özbekiston bozori uçun özaro kuraşişadi. Ğarb kompaniyalari köp böladi. Biz bunga işonamiz», – degan Podrobno.uz AA muxbiriga Amerika kompaniyasining vakili. 

ExxonMobil kompaniyasining qayd etişiça, iqtisodiy ösiş közga taşlana boşlagan mamlakatlar har doim ilğor texnologiyalar va sarmoyalarni öziga jalb qilgan. Amerikaliklarning esa, Özbekistonda amalga oşirişni xohlayotgan aniq loyihalari bor. Ulardan biri «Navoiyazot» korxonasi negizida Çexiyaning UNIS kompaniyasi bilan birga metanoldan (MTG) yuqori sifatli benzin olişdir. Bu ExxonMobil kompaniyasining Özbekistondagi ilk tölaqonli loyihasi hisoblanadi. Bungaça kompaniya Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga uskunalar yetkazib bergan. 

Köplab ekspertlarning fikriça, sönggi vaqtlarda Özbekiston valyuta bozorini liberallaştiriş va xorijiy investitsiyalarga öz eşiklarini oçiş istagini namoyon qilmoqda. Qozoğistonda, allaqaçon, Özbekiston özining mintaqaviy örnini mustahkamlaşi Markaziy Osiyoda iqtisodiy gegemon özgarişiga olib kelişi mumkinligi haqida fikrlar bildirila boşlandi. Bu, öz navbatida, sarmoyalar va bozorlar uçun kuraşni kuçaytiradi. 

Xususan, Qozoğiston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov Özbekistonni ulkan imkoniyatlarga ega davlat, deb aytgan edi.  

«Bu (Özbekistonning mustahkamlanişi) biz uçun ma'lum darajada çaqiriqdir. Biz Qozoğiston, men ham köproq şu fikrga qöşilaman, mintaqaviy gegemon deb hisoblaşga örganib qolganmiz. Hozirda, bu holat özgarişi mumkin, men iqtisodiy gegemonlikni nazarda tutyapman. Investitsiyalar, bozorlar uçun kuraş kuçayişi ehtimol», – degan Sulaymonov CFO Summit 2017da qilgan çiqişida.

Ötgan haftadagi eng kutilmagan yangilik esa, Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive qöşma korxonasi taşkil etilişi haqidagi xabar böldi. Gap yiliga 16 ming dona Peugeot va Citroën yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqariş haqida bormoqda. 2019 yildan faoliyatini boşlaydigan korxonaga 130 mln yevro miqdorida sarmoya kiritiladi.