Bugun Tailandda futzal böyiça tarixda ilk marotaba ötkazilayotgan U-20 Osiyo çempionatida çorak final bahslari bölib ötadi. Özbekiston U-20 terma jamoasi Möğulistonga qarşi kuraş olib boradi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 17:00da boşlanadi. Bu haqda Özbekiston futzal uyuşmasi matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berilgan.

Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boşçiligidagi özbekistonlik futzalçilar turnirning «C» guruhidan joy olgandi. Livan, Hongkong, Myanma va Qatar termalari bilan kuraş olib borgan jamoa guruh bosqiçini 10 oçko bilan peşqadam sifatida yakunladi. Livan bilan 4:4 hisobida yakuniga yetgan öyindan taşqari, Myanma 5:0, Hongkong 8:2, Qatar 7:4 hisobida mağlub etilgandi.

Jami 21 mamlakat termalari boş sovrin uçun kuraş olib borayotgan Osiyo çempionatida bugun çorak final doirasida 4 uçraşuv bölib ötadi.

Osiyo çempionati—2017
Çorak final
22 may, duşanba

Indoneziya — Tailand
Eron — Livan
Iroq — Yaponiya
Özbekiston — Möğuliston

Özbekiston terma jamoasi bugun zafar quça olsa, yarim finalda Iroq — Yaponiya juftligi ğolibi bilan töqnaş keladi. Finalga qadar yetib borgan ikki terma jamoa 2018 yil bölib ötadigan yoşlar örtasidagi Olimpiadada iştirok etadi.