Qozog‘iston musulmonlari idorasining oliy muftiysi Yerjan Mayamerov bahorgi toshqindan jabr ko‘rgan Sag‘inish Tobajanovaga 2 xonali kvartirani hadya qildi. Bu haqda Nuz.kz Oqto‘ba hokimiyati saytiga asosan xabar berdi.
Kalit topshirish marosimi 19 may kuni bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi guruh nogironi Tobajanova Sag‘inish Serikovna “Nur-Oqto‘ba” turar-joy mavzesidagi 2 xonali kvartirani olgan. Shuningdek, unga mebel, 2 ta gilam sovg‘a qilindi va dastlabki vaqt uchun oziq-ovqat bilan ta'minlab berishdi.

Maxambetovki tumanida yashagan Sag‘inish Serikovnaning uyi bahorgi toshqin tufayli jiddiy zarar ko‘rgan.
















