Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz şahrida «AQŞ — Islom dunyosi» sammiti doirasida Donald Tramp hamda AQŞ Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Qozoğiston rahbari saytida ma'lum qilingan.
«Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yönalişlari, savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Ikki prezident kun tartibidagi xalqaro masalalarda fikr almaşişdi», — deyilgan xabarda.

Nursulton Nazarboyev va Reks Tillerson uçraşuvida esa ikki tomon munosabatlarining alohida jihatlari holati va istiqbollari töğrisida gaplaşilgan.

Nazarboyev Qozoğiston va AQŞ özaro munosabatlari darajasi yangi bosqiçga olib çiqilişiga umid bildirgan.











