Yaponiya hukumati AQŞdan raketalarga qarşi Aegis Ashore mudofaa tizimlarini xarid qilişni rejalaştirmoqda. U mamlakat harbiy-dengiz kuçlarining 6ta raketali esminetslari jihozlangan Aegis töplamlarining quruqlikka örnatiladigan namunalaridir. Rasman bu haqda şu yilning yozida qaror qabul qilinadi, deb yozmoqda Nikkei gazetasi.

Aegis Ashore töplamlarini sotib oliş uçun 80 mlrd iyen (717,5 mln dollar)ga yaqin mablağ ajratiş rejalaştirilgan. Mablağlar 2018 yilgi davlat byudjyetiga kiritiladi, biroq ularni amalda joylaştiriş uçun 5 yildan köp vaqt talab etiladi. 

Aegis Ashore – köpfunksiyali jangovar kuzatuv va yöllaş axborot-boşqaruv tizimi bölib, Yaponiya uçun işlab çiqilgan namunasida SM-3 raketalarini boşqaradi. Ular raqibning ballistik raketalarini parvozining örta qismida, atmosferadan taşqarida urib tuşirişga möljallangan. 

Ayni vaqtda, Yaponiya va AQŞ birgalikda uşbu raketaning yangi namunasining loyihasini işlab çiqmoqda. Ular sezilarli ravişda uzoqroqqa uça oladi va nişonni aniqroq möljalga oladi. Nikkei naşriga köra, Yaponiyaga öz hududini mudofaa qiliş uçun ikkita Aegis Ashore töplami yetarlidir. 

Tokio dastavval Amerikaning THAAD RQM tizimlarini xarid qilişni rejalaştirgan edi, biroq keyinçalik, ularning juda ham qimmatligi sababli bu ğoyani tark etişdi. Ayni vaqtda, Yaponiya ixtiyorida Aegis tizimli kemalardan taşqari quruqlikdagi Patriot PAC-3 RQM qurilmalariga ham ega.