Microsoft korporatsiyasining boş ijroçi direktori Satya Nadella psixolog Kerol Dvekning "Muvaffaqiyatning yangi psixologiyasi. Öyla va ğolib böl" kitobi unga qanday ilhom baxş etgani haqida sözlab berdi.
"Men bu kitobni öqiganimda biznes haqida emas, öz farzandlarimning ta'lim olişi haqida öyladim, - deydi Nadella. - Muallif maktabdagi öquvçilarni misol qilib keltiradi. Ulardan biri - "bilağon", boşqasi esa har qanday yangi bilimni özlaştirişga tayyor. Muntazam bilim oluvçi inson avvaldan qobiliyatliroq bölgan "bilağon"dan köproq muvaffaqiyatga erişadi. Öylaşimça, bu nafaqat maktab öquvçilari, balki rahbarlar va butun bir taşkilotlarga ham taalluqlidir".
Bu maslahat har qanday sohada iş beradi. Uni bor-yöği bir gapgaça umumlaştiriş mumkin.
Barçasini biluvçi emas, doimiy bilim oluvçi böling.
Sizning hamma narsani bilişingizga bölgan işonç boşqalarga nisbatan haqoratdek tuyuladi. U endi siz heç narsani örganmasangiz ham böladi, deb öylaşga majbur qilişi mumkin. Bu esa, sizning karerangiz, şaxs sifatida ösişingizga ziyon yetkazişi mumkin. Şu bois doim yangi bilimlarga intilişingiz va hayotda nimanidir bilmasligingizni tan olişga tayyor turişingiz kerak.

















