«Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte Angliya çempionati joriy mavsumining eng yaxşi murabbiyi deb tan olindi, deya xabar bermoqda APL matbuot xizmati.
London jamoasi mavsum yakuniga köra, APLda öz tarixida beşinçi va Angliya çempionatida – oltinçi marta ğolib böldi. «Çelsi» ikkinçi örinni egallagan «Tottenhem Hotspur»ni yetti oçkoga ortda qoldirişga muvaffaq böldi.
Şuningdek, «Çelsi» bir mavsumda qölga kiritilgan ğalabalar soni böyiça APL rekordini örnatdi – 30 ta ğalaba. Londonliklar 2004/05 va 2005/06 yilgi mavsumlarda özlari örnatgan natijani yaxşilaşdi: öşanda «Çelsi» 29 bora zafar quçgandi.













