Braziliyaning Maranyan ştatidagi San-Luis şahrida joylaşgan axloq-tuzatiş majmuasidan 22 mayga ötar keçasi kamida 30 mahbus qoçib ketdi. Bu haqda ştat ma'muriyati ma'lum qildi.  

Folha de Sao Paulo portali ma'lumotlariga köra, jinoyatçilarning şeriklari turma devorining bir qismini taşqi tomondan portlatişgan. Mahbuslar hosil bölgan yoriqdan qoçib ketişgan.  

Qöriqçilar qoçoqlarga öq uzişgan. Buning oqibatida 2 nafar mahbus otib taşlangan. Yana 6 mahbus keyinroq qölga olingan, biroq yana 24 mahbus qoçoqlikda qolmoqda va ular qidirilmoqda.