Buyuk Britaniyaning Bridport şahrida istiqomat qiluvçi oila 4 kunda 6ta yotoqxonali uç qavatli uy qurişga muvaffaq böldi. Bu haqda The Independent naşri yozmoqda.

Riçard, Nikki va ularning ikki farzandi Londondan Dorset grafligiga köçib ötişga qaror qilişdi. Oila okrugda özlariga yoqqan uyni topa olmagani sababli  mustaqil ravişda uy qurişga qaror qilgan. Britaniyalik oila ekologik toza materiallardan foydalaniş va pulni tejaş maqsadida qisqa muddatda uyni bitirişni rejalaştirdi.

Uyning karkasi uçun panellar Bavariyadagi firma tomonidan yasaldi. 4 kun içida yer maydoniga 3 qavat va tom örnatildi. Uy örmon bilan öralgan bölib, boğda hovuz ham joylaşgan. Natijada er-xotin uyga 1,2 million funt sterling (1,5 mln dollardan köp) mablağ sarflaşdi.  

2015 yil oktabrida Buyuk Britaniyaning Hereford şaharçasi fuqarolari mustaqil ravişda ixçam ikki qavatli uyni barpo etişgani haqida xabarlar paydo bölgan edi. Ular buning uçun quriliş materiallari qoldiqlaridan foydalanişgan. Uy loyihasi 1 ming funt (1,5 ming dollar)ni taşkil etgan.