AQŞning Kaliforniya ştatidagi yoqilği quyiş şoxobçalarining biri yonidan xarid qilingan makkajöxori-pişloqli çipslardan zaharlaniş natijasida 1 kişi halok böldi, 9 nafari jarohat oldi. Chicago Tribune naşri şu haqida xabar berdi.
Naşr ma'lumotiga köra, çipslarda oziq-ovqat mahsulotlaridan ötkir zaharlaniş va botulizmni avj oldiruvçi bakteriya bölgan. Ta'kidlaş joizki, bunday zaharlaniş markaziy asab tizimiga ziyon yetkazadi. Zaharlaniş natijasida 37 yoşli kişi halok böldi. Jabrlanganlarga mahalliy şifoxonalarda tibbiy yordam körsatilmoqda.
Kaliforniya ştati Soğliqni saqlaş departamenti test natijalariga köra makkajöxorili çipslar paçkalarida botulizmni keltirib çiqaruvçi bakteriya bölganini tasdiqlagan.
Mahalliy hukumat xabariga köra, zaharlaniş manbai hali aniqlanmagan, yoqilği quyiş şoxobçasi hamda çipslar uçun pişloqli sous işlab çiqaruvçi korxonada tekşiruv işlari olib borilmoqda.












