«Barselona» hujumçisi Lionel Messi sönggi vaqtlarda jamoasining bu mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklaridan tuşkun holatda yurgan«Real» çempionlikni qölga kiritgaç, u döstlari bilan suhbatda madridliklarning çempionligi haqli ekanini tan olgan, deb yozmoqda Ispaniyaning eng maşhur tabloidi Don Balon.
Tarqalgan miş-mişlarni çop etiş bilan tanilgan naşrning yozişiça, Messi döstlari bilan suhbatda «Barselona» butun mavsum davomida barqaror futbol körsata olmaganini aytib, Ispaniya çempionatida ikkinçi öringa munosib bölganini tan olib ötgan. Şunga qaramay, Lionel kelgusi mavsumda jamoa yanada kuçayib, barça musobaqalarda ğoliblik uçun kuraşişiga umid bildirgan.
Eslatib ötamiz, «Barselona» bu mavsumdagi sönggi uçraşuvini 27 may kuni «Alaves»ga qarşi Ispaniya kubogi finali doirasidagi uçraşuv bilan yakunlaydi.












