Köplab davlatlar hanuz «tinç atom»ning afzalliklaridan voz keçişga ikkilanib turgan bir paytda, şveysariyaliklar öz davlati ravnaqi uçun muhim qadamni bosişga muvaffaq bölişdi.
Yaqinda ötkazilgan sörovlarda şveysariyaliklarning aksariyati muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş uçun davlat yadro dasturini tugatişni yoqlab ovoz berişdi. Şveytsariya ayni paytda özida mavjud beşta atom elektr stansiyasidan jami sarflayotgan energiyasining uçdan bir qismini oladi. Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) statistikasiga işonadigan bölsak, bugungi kunda jahonda jami 450 ta yadro reaktori faoliyat körsatmoqda va u umumjahon energiya iste'molining bor-yöği 3 foizinigina qoplaydi.
Yadro energetikasidan voz keçiş Şveytsariya uçun oson bölmaydi, çunki mamlakat tabiiy resurslarga aslo boy emas. Ayni paytda davlatning iste'mol qilayotgan energiyasining katta qismini (60 foizini) gidroelektrostansiyalar qoplamoqda. Muqobil manbalar esa hozirça energiyaning umumiy hajmidan 8 foizini işlab çiqarişda yordam bermoqda.
2011 yilda — Yaponiyaning «Fukuşima-1» reaktorida uç energiya blokining erişiga sabab bölgan falokat yuz bergaç, Şveytsariyada ham yadro energetikasidan voz keçiş haqida gap-sözlar urçib qolgan edi. Yaponlar bu dahşatli falokat oqibatlarini qanday bartaraf etişni hanuzgaça bilişmayapti. Şveytsariyaliklar voqeaning bunday tus oliş ehtimolidan juda qörqib qolişgan, şu sababli sörovda qatnaşganlarning 58 foizi yadro energetikasi qurilmalaridan foydalanişni bas qilişni yoqlab ovoz berişdi.

Energetikaning yadro sektorini qisqartiriş dasturi 2018 yilning yanvaridan boşlanişi möljallanmoqda. Bir neça yillardan buyon atrof-muhit muhofazasi uçun öz qonun loyihalarini ilgari surib kelgan Yaşillar partiyasi vakillari Şveytsariya fuqarolarining bu qaroridan ayniqsa xursand bölişdi. Yadro reaktorlaridan voz keçişga qarşi bölganlar esa, aksinça, möljalni bu qadar keskin özgartiriş mamlakat iqtisodiyotini larzaga solişini aytib kelişmoqda. Olimlar ham uşbu masala yuzasidan öz pozitsiyasiga ega. Ulardan ba'zilari ekologik tozalik va samaradorlik nuqtai nazaridan muqobil energiya manbalari yadro energiyasidan yaxşiroq emas, ba'zi örinlarda unga yutqazadi ham, deya hisoblamoqda.












