Eron Barak Obama boşçiligidagi AQŞning avvalgi ma'muriyatiga Tehronning yadroviy dasturi böyiça "fantastik şartlar" uçun minnatdor bölişi kerak. Bunday fikrni AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Quddusdagi uçraşuvda bildirdi.

"Eron AQŞning avvalgi ma'muriyatiga juda minnatdor bölişi kerak, çunki ular mutlaq fantastik bitim şartlariga erişişga muvaffaq bölişgan. Biroq ular minnatdor bölib, "rahmat" deyiş  örniga bizga taşlanişni davom ettirmoqdalar. Biz ularga iqtisodiy farovonlikni qurişga imkoniyat berdik, biroq özimiz qayerga keldik?", deb savol bilan yuzlandi Tramp.

"Biz yaqin şarqda keskinlikning kamayganini körmayapmiz. Suriya, Yaman, biz har yerda zöravonlik alomatlarini körmoqdamiz va bu zöravonlik aksariyat hollarda Eron tomonidan yuzaga keltirilgan. Mana Eron "rahmat" deyiş örniga nima qilmoqda. AQŞ bu bitimga borganining özi dahşat", deb qöşimça qildi Tramp.