Donald Tramp AQŞ prezidenti sifatidagi xorijga ilk taşrifi davomida Isroilga keldi. Amerika davlati rahbari iudaizmning asosiy maqbarasi - vayron qilingan Yahudiy ibodatxonasining Ğarbiy devori (yana bir nomi - Yiği devorlari)ga taşrif buyurdi. Politico naşri şu haqida xabar berdi. 

Amerikaning amaldagi prezidenti xristianlikning presviterian oqimi izdoşi hisoblansa-da, Ğarbiy devorga çiqiş çoğida boşiga kipa (yahudiylarning an'anaviy boş kiyimi) kiydi.

Tramp Ğarbiy devordagi yoriqlardan biriga xat joyladi. Yahudiylar an'anasiga köra, Devorga joylangan noma Yaratganga töğridan töğri murojaat hisoblanadi. 

@AviMayer

AQŞning Isroildagi sobiq elçisi Den Şapironing ta'kidlaşiça, Tramp Qudusning Eski şahariga taşrif buyurgan Oq uyning ilk rahbarlaridan böldi. U Amerika prezidentiga siyosatçilar emas, faqat ma'naviy yetakçilar hamrohlik qilganini qöşimça qildi.

Naşrga köra, sobiq prezident Barak Obama ham Ğarbiy devorda bölgan. Biroq u taşrif AQŞning 44-prezidenti saylovlariga qadar bölgan edi. U paytlar Obama Illinoys ştati federal senatori lavozimini egallagandi.

Zamonaviy Isroil Qudusni (şu jumladan uning tarkibiga kiruvçi Eski şaharni) özining "yagona va bölinmas poytaxti" deb hisoblaydi. YuNeSKO esa isroilning boş şahri şarqiy qismini falastinliklarning işğol qilingan hududi hisoblab, yahudiy xalqi va uning qadimiy yodgorliklari örtasidagi madaniy aloqani tan olişdan boş tortadi.