22 may kuni Özbekiston va Belarus boş prokuraturalari örtasida hamkorlik haqidagi kelişuv imzolandi.

Hujjat Belarus boş prokurori Aleksandr Konyuk boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga amaliy taşrifi davomida imzolandi.

Taşrif davomida Belarus delegatsiyasi Özbekiston Boş prokuraturasida muzokaralar ötkazdi.

Tomonlar har ikki davlat prokuraturalarining jinoiy-huquqiy sohasidagi özaro harakatlari masalasini muhokama qilişdi. Muzokaralar yakuni böyiça hamkorlik haqida kelişuv imzolandi.

Özbekiston va Belarus boş prokuratulari hujjat doirasida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlaş, jinoyatçilik, terrorizm, korrupsiya, qurol-yaroğ, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, noqonuniy migratsiya, odam savdosi bilan kuraşişda hamkorlik qiladi. Şuningdek, tomonlar tajriba va normativ huquqiy aktlar almaşadi.