Latviyada «Özbekiston-Latviya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligi. Tadbirkorlik faoliyati uçun yangi imkoniyatlar» mavzusida seminar bölib ötdi.
Seminar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev boşçiligidagi parlament delegatsiyasining Latviya Respublikasiga 2017 yilning 15-18 may kunlari amalga oşirilgan taşrifi doirasida ötkazildi.
Seminar işida Özbekiston va Latviya davlat tuzilmalari hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirok etdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Niğmatilla Yöldoşevning ta'kidlaşiça, Latviya Özbekistonning işonçli va vaqt bilan sinalgan siyosiy hamda iqtisodiy şerigi sanaladi.
U seminar davomida Özbekiston makroiqtisodiy körsatkiçlari, mamlakatdagi islohotlar, şuningdek, xorijiy sarmoyadorlar uçun yaratilgan şaroitlar haqida ma'lumot berdi.
Hozirda Özbekistonda Latviyadan bölgan investorlar iştirokida 47 ta korxona işlamoqda, 15 ta Latviya kompaniya vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.
Seminar davomida ta'kidlanişiça, Özbekiston Latviya kompaniyalarining çorvaçilik, parrandaçilik majmualarini loyihalaştiriş, quriliş va foydalaniş borasidagi tajribasini örganişdan, şuningdek, Latviyaning Yevropa Ittifoqining veterinariya, fitosanitar nazorat va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi qonunçiligini qöllaş masalasida kömagidan manfaatdor.
Özbekiston delegatsiyasi latviyalik tadbirkorlarni Özbekistonda oziq-ovqat va yengil sanoat, şuningdek, muqobil energetika sohasida qöşma sarmoyaviy loyihalarni amalga oşirişda iştirok etişga taklif qildi.
Özbekiston korxonalari Latviyaga turli mahsulotlarni yetkazib berişga tayyorligi alohida qayd etildi. Şuningdek, seminar qatnaşçilari transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qilişdi. Latviya Özbekiston taşqi savdo yuklarining Yevropa Ittifoqi davlatlariga yetkazib berilişida juda muhim örin tutadi, bunda aynan uning portlaridan foydalaniladi.
Seminar doirasida tekstil va oziq-ovqat sanoatida işlovçi qator özbek kompaniyalari mahsuloti ekspozitsiyasi taşkil etildi.
Tadbir yakunida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Latviyaning sarmoyalar hamda taraqqiyot Agentligi örtasida hamkorlik haqida bitim imzolandi.
Özbekiston kiçik biznes sub'yektlari va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş Fondi hamda Latviya stividorlar Assotsiatsiyasi örtasida özaro anglaşuv töğrisida memorandum imzolandi.












