Mançester şahridagi stadionda portlaş sodir etiş orqali terrorçilar yana bir bor özlarining manfur qiyofalarini namoyon qilişdi. Oxirgi ma'lumotlarga köra 22 kişi halok böldi, 59 kişi şifoxonaga yotqizilgan.

Şu kuni Rossiya va Yevropaning 24 soat davomida yangiliklar uzatuvçi kanallarini ikki soatdan ortiq kuzatdim. Har ikkisida ham deyarli bir xil manzara: qon, sarosima, vayron bölgan inşootlar, oldingi teraktlar statistikasi, terrorçilarning butun ekranni egallagan suratlari...   

Jarayon şunday davom etaverişiga közim yetib televizorni öçirdim. Bir narsa aniq: agar axborot uzatiş ayni şu şaklda davom etsa – ya'ni terakt bölişi bilan yangiliklar kanallarini va umuman OAVni şu mavzu butkul egallab olsa, bu jarayon qança davom etsa öşa terrorçilar va ularning homiylari şunça bayram qilişlari aniq. Çunki birgina portlaşni ular bajarişyapti, keyingi maqsadlarga heç bir qiyinçiliksiz öz-özidan erişişyapti. Axir terrordan maqsad faqatgina bir neça insonning hayotiga nuqta qöyiş emas (umuman olganda bu maqsad qöyilmaydi ham, çunki nobud bölganlarning kimligining ularga zarraça qiziği yöq), aksinça, aynan dunyoga tarqaluvçi vahima, insonlar ongidagi sarosima, “şahid” deya ataluvçi kamikadzelarning har qadamda ekanligini anglatiş ekanligi kunday ayon-ku. Aynan OAV, ayniqsa xorij televideniyesi ularga özlari bilmagan holda şu qadar yordam berib yuborişadiki, agar boşqa bir kampaniyaning piar mahsulotini yoritiş kerak bölsa va katta pul tölansa ham bu qadar natijalarga erişiş qiyin.

Albatta, axborotni yaşiriş yolğon axborot tuğilişiga zamin yaratadi. Bu telekanallarning maqsadi ham ğarazli emas: bor ma'lumot boriça berilmoqda, heç narsa yaşirilgani, özgartirilgani yöq. Ammo bir aqli pastning (ularni raso deb bölmaydi) qölida avtomat tutib begunoh insonlarni şunçaki otib taşlayotgani, yuk maşinasida yuzlab odamlarni ezğilab ketayotgani, yuziga qora niqob taqib, bir beçoraning böğziga piçoq tortayotgani yoki beliga bomba boylab özini olomon orasiga urayotgani tasvirlangan lavhalarni bot-bot qaytarib körsataverişda ma'ni bormi?

Öşa terrorçining surati ekranga katta qilib çiqarilib, ta'rifi keltirilişidan maqsad nima?

Aynan mana şu jarayonlar şunday rejalar qilib yurgan kimsalarning qöltiğiga suv purkamaydimi?

Har doim, har bir jamiyatdan alamzadalar bor va ular orasidan hamişa aql bovar qilmas razilliklar uyuştirilaveradi. Ammo ularni “qahramon” qilişdan muddao bormi?!

Bu ham bir fikr, xulosa sizdan.

Abror Zohidov