Zominlik Şodiyor Muhiddinovning yoşi qirqqa yaqinlaşib qolibdiki, hayoti davomida sodir etgan qilmişlari uçun bir neça bor sudlandi. Biroq, u bundan öziga xulosa çiqarişni xayoliga ham keltirmadi. Aksinça, öz bilganidan qolmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Şodiyorning fikri-zikri qanday qilib bölsa-da pul topişda edi.
Kunlarning birida boşqa qişloqda yaşovçi Tölqin Nazarov otini sotmoqçiligini eşitib qoldi. Öziça nimalarnidir rejalaştirib olgan Şodiyor uning uyiga jönadi.
- Otingizga xaridor bölib keldim, - dedi u salom-alikdan söng.
- Ançadan beri sotişni möljallab yuribman, söraganlar mening çamamdan kam aytayapti, - dedi Tölqin uning fikrini bilolmay.
- Ayting, kelişolsak, otni özim olaman, - dedi Şodiyor özini har narsaga qodirdek tutib. – Faqat pulini sal keyinroq beraman.
Ular savdolaşişdi. Aytilgan narx garçi nasiya bölsa ham Tölqin istaganidek edi, rozi böldi. Otni yetaklab ketgan Şodiyor uni söyib sotib yubordi. Pulni keltirişni “unutdi”. Aksinça öz ehtiyojiga sarfladi.
Bu orada tanişi Xoliyor Quvvatovning ham otini sotmoqçiligini eşitib, halovati yöqoldi. “Qanday qilib bölsa ham otni qölga kiritaman”, deya ahd qildi.
Sodda va işonuvçan Xoliyor firibgar Şodiyorning hiylalariga uçdi. Qanday qilib otni unga tutqazib yuborganini bilmay qoldi. Şodiyordan uzoq vaqt darak bölmadi.
Ot egalari uni izlab topişolmadi. Söng bu haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar qilişdi. Firibgar ot işqibozi ekanligini aytib, aybini tan oldi.
Sud Şodiyor Muhiddinovga uç yarim yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlab, hukm çiqardi.











