AQŞ ma'muriyati 2018 moliyaviy yilda raketalarga qarşi mudofaa bilan boğliq turli dasturlarning amalga oşirilişiga 7,9 mlrd dollar ajratmoqçi. Bu raqam joriy moliyaviy yilgi bu körsatkiçdan 379 mln dollarga köproqni taşkil qiladi. Bunday ma'lumotlar AQŞ mudofaa vazirligining RQM böyiça agentligi byudjyet loyihasida keltirilgan.
Jurnalistlar uçun maxsus brifingda agentlikning operatsiyalar böyiça direktori Geri Pennettning ma'lum qilişiça, raketalarni Alyaska va Kaliforniyadagi şaxtalarda joylaşgan raketalar yordamida parvozning oraliq bosqiçida yöq qiliş dasturiga 1,5 mlrd dollar ajratiş möljallanmoqda. Şu bilan birga uşbu yil oxirigaça bunday raketalar miqdorini hozirgi 36 tadan 44 tagaça oşiriş rejalaştirilmoqda.
Pennetning qöşimça qilişiça, Pentagon 2018 yilda AQŞning Atlantika sohilida uşbu dasturning radiolokatsion kuzatuv stansiyasini örnatişning maqsadga muvofiqligi masalasini tadqiq qiliş uçun 5 mln dollar va şunday obektni Gavayi orollarida barpo etişni boşlaş uçun 21 mln dollar ajratmoqçi. Rejalarga köra, Gavayidagi radar 2023 yilgaça örnatib bölinişi kerak.

















