Everestda 4 alpinistning jasadi topildi. Bu haqda Himalayan Times naşri xabar berdi.
Ikki xorijlik – bir ayol va bir erkak hamda ularga yölboşçilik qilgan ikki kişining jasadi dunyoning eng baland çöqqisini zabt etiş oldidan oxirgi lager hisoblangan 4-bazaviy lager yaqinidagi çodirda topilgan. Jasadlarni 21 may kuni çöqqidan slovakiyalik Vladimir Ştrbaning jasadini olib tuşgan Seven Summit Treks kompaniyasi yölboşçilari aniqlaşgan.
Taxminlarga köra, alpinistlar çodirda kislorod yetişmaganidan halok bölişgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, halok bölgan alpinistlar yangi treking kampaniyasi doirasida çöqqiga kötarilişayotgan bölgan. 21 may kuni ular bilan aloqa yöqolib qolgandi.
May oyida Everestda hammasi bölib 9 kişi halok böldi.












