Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II Manchester şahrida röy bergan teraktda qurbon bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. U bölib ötgan voqeani vahşiylik deb baholagan.

«Butun millat Mançesterdagi qonli hodisa va uning oqibatida insonlar halok bölişidan karaxt ahvolga tuşdi. Men bu qörqinçli hodisadan jabrlanganlarning barçasiga çuqur hamdardligimni bildiraman», — deyilgan Bukinghem saroyi tomonidan keltirilgan ta'ziyanomada.

U şuningdek, huquq-tartibot organlari xodimlarining fidoiyligini qayd etib, şahar aholisiga bunday oğir vaziyatda özini mardona tutgani uçun minnatdorçilik bildirgan.

22 may oqşomida Manchester şahridagi Manchester Arena stadionida Ariana Grandening konserti vaqtida portlaş sodir böldi. Sönggi ma'lumotlarga köra, stadiondagi portlaş oqibatida 22 kişi halok bölgan, 120 kişi jarohatlangan. Hodisa uçun javobgarlikni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga oldi.